Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » Yangilklar

“Kara sevda” seriali yulduzi Neslihan Atagul haqida 16 fakt

screenMashhur “Kara sevda” (“Sevgi iztirobi”) seriali qisqa vaqt ichida millionlab muxlislar qalbidan joy oldi. Ayniqsa, bosh qahramonlardan biri bo‘lmish latofatli Nihan rolini ijro etgan Neslihan Atagul serialda o‘z iqtidorini to‘liq namoyon eta oldi. Ushbu serial aktyor va aktrisalari bizda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Shuning uchun Neslihan Atagul haqidagi qiziqarli faktlarni to‘plab, siz bilan bo‘lishishga qaror qildik. 1. Neslihan Atagul 1992-yil 20-avgustda Istambulda tug‘ilgan. Uning otasi butun umri davomida haydovchilik bilan shug‘ullangan, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. Neslihanning Ilkay ismli akasi bor. 2. Neslihan 18 yoshidayoq aktrisa bo‘lishga qat’iy qaror qiladi. 13 yoshidan boshlab onasi bilan birgalikda turli kastinglar va modellik agentligiga qatnay boshlaydi. Tez orada unga “Valenza kids”, “Tofita”, “Sota?” kabi brendlar reklamasida sur’atga tushish taklifi beriladi. 3. 2006-yilda Atagul ilk bor kinoda rol ijro etgan. “Birinchi sevgi” filmidagi roli uchun u “Oltin pilla” kinofestivalining sovriniga sazovor bo‘lgan. 4. Maktabni bitirish arafasida Neslihan kino olamida anchagina tajribaga ega edi. Shu sababli maktabni tugatgach, o‘qishni qayerda davom ettirishi haqida uzoq o‘ylab o‘tirmadi. Yosh aktrisa Istambul universitetining teatr fakultetiga hujjatlarini topshirdi. 5. “Arosat” filmidagi ijrosi uchun aktrisa 6 ta kinofestivalda (ulardan 4 tasi xalqaro miqyosda) alohida e’tirof etildi. Shuningdek, “Istambulning ikki yuzi” seriali va “Sendan qolgan yodgorlik” melodrammasidagi rollari ham omadli bo‘lgan. “Kara sevda” (“Sevgi iztirobi”) serialidagi Nihan obrazi esa uni haqiqiy yulduzlik pog‘onasiga olib chiqdi. 6. 2013-yilda “Istambulning ikki yuzi” serialini sur’atga olish jarayonida u Kadir Dogulu bilan tanishadi. Ular sevishganlar rolini ijro etadilar. Ekrandagi muhabbat hayotga ko‘chib, 2016-yilda Kadir va Naslihan turmush quradilar. 7. To‘y 8-iyul kuni Bosfor sohilidagi “Ajia” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan. To‘yga 200 ta mehmon tashrif buyurib, kecha katta dabdaba bilan o‘tgan. Unda kelin ikki xil libosda namoyon bo‘lgan.
8. Dam olish kunlarida aktrisa turli kitoblar o‘qish, kino ko‘rish va rasm chizishni yaxshi ko‘radi. Uning sevimli yozuvchilari – Frans Kafka, Karlos Kastaneda, Ursula le Guin. Sevimli rejissorlari esa Tim Berton va Devid Linch. 9. Agar aktrisa bo‘lmaganingizda qaysi kasb egasi bo‘lar edingiz, degan savolga u boshqa kasbda o‘zini tasavvur ham qila olmasligini ta’kidlagan. Biroq, qanchalik g‘alati tuyulmasin, Neslihan qassoblik kasbiga qiziqishi borligini yashirmagan. 10. Atagul uy hayvonlarini juda ham yaxshi ko‘radi. Uning uyida ikkita mushuk va to‘tiqush bor. Yaqinda kuchukcha boqishni ham rejalashtirgan. 11. U doim bitta maqsad – onasi u bilan faxrlanishiga intilgan. Neslihan: “Men doim onamning ishonchini oqlashga harakat qilganman. Barcha narsani puxta bajarishga odatlanganman. Maqsadim sari asta-sekin qadam tashlab harakat qildim va nihoyat, men istagan cho‘qqiga yetdim”. 12. Qomatni doim yaxshi saqlash uchun aktrisa fitnes, yoga, suzish hamda pilates bilan muntazam shug‘ullanib boradi. 13. Neslihan klaustrofobiya (yopiq va tor joylardan qo‘rqish)dan aziyat chekadi. U uzoq vaqt davomida yopiq xonada qololmaydi. Eshik berk bo‘lganda albatta derazani ochib qo‘yadi. 14. Aktrisaning sevimli taomi har qanday usulda tayyorlangan kartoshkadir. “Yoshligimda buvim menga doim kartoshkadan taomlar pishirib berganlar. Neslihanni kartoshka yetishtiradigan kishiga turmushga berish kerak, deb hazillashar edilar”. 15. Atagul kundalik hayotda qulay libos kiyishni ma’qul ko‘radi. Uning eng sevimli aksessuari bo‘lmish ko‘zoynaklarni kolleksiya qilish uning jonu dili. 16. Aktrisa ko‘pgina reklamalarda suratga tushgan. Turkiya OAVlari ma’lumot berishicha, shampun reklamasi uchun Neslihan 1 million lir (289,965 $), sport kiyimlari bilan do‘koni shartnoma uchun esa 1,2 million lir (341,958 $) olgan.
Yoqdi [0] | Yoqmadi [0]
 13.02.2018 13:16 392 0 BayotSHOH

Statok.net