Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » She`rlar

Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

screenNega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor,
Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor:
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Faromush o’y surib, o’rtanmay g’amda,
Yashamoq kerakkan yorug’ olamda.
Hech nima demang-u, faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Sizni o’ylayman-u, ko’nglim havotir,
Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir,
Dilim hotirjammas, shu sabab hozir,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Mayli zamin uzra bo’lmasin bahor,
Ko’klamga umrbod bo’lay intizor,
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Umid mash’aliga bag’ishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda, xabarim o'qib, men uchun,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Yoqdi [3] | Yoqmadi [0]
 25.06.2017 12:05 227 3 ~FENIX~

Statok.net