Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » Sevgi va Muhabbat
1 2 3 >>

Keyingi Bekat - Ayriliq

«Ehtiyot bo`ling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat Pushkin!»

Poezd qo`zg`agan onda Baxtiyor bir qalqib tushdi. Boshi vagon ichidagi tutqichga urildi. Peshonasini ushlab yon-veriga alangladi. «Hech kim ko`rmadimikin».

Ro`parasida allaqanday gazetani varaqlab o`tirgan ayoldan boshqa vagonda hech kim yo`q edi. Soat ham o`n birdan oshib qolgan. O`zi bunaqa paytda odam kam bo`ladi metroda?

Baxtiyor cho`ntagidan ro`molchasini chiqarib, lovullab turgan peshonasiga bosdi. Ishqilib, g`urra bo`lmasa go`rgaydi.

Beixtiyor qarshisidagi ayolga tikildi va... tanidi. Bu Saida! Xuddi o`shaning o`zi, boshqa birov bo`lishi mumkin emas.

— Saida!

Bu ismni beixtiyor tiliga ko`chirdi. Ayol cho`chib, avval ikki yoniga, keyin qarshisidagi yo`lovchiga qaradi:

— Baxtiyor!

— Siz...

— Ha... tuzukmisiz? Tanimabman.

— Shuncha yil o`tib, uchrashgan joyimizni qarang.

— Buyam taqdir-da!

Taqdir! Qanchalar qudratli va beomon kuch. Shu qadar qudratliki, butun insoniyat, zamonu makon uning izmida.

Baxtiyor bir paytlar qaerdadir o`qigan, alhol miyasiga kelib urilgan bu fikrdan o`zi ham dong qoldi. Chindan-da g`alati. O`n yil avval erning yuzasida turib, bir-biriga vido aytgan, bir-biridan ko`ngil uzgan ikki inson ayni damda er ostida baqamti kelib turishibdi. O`shanda kim o`ylabdi, deysiz...

— Saida, uydagilar tuzukmi? Bolalaringiz...

— Rahmat, xudoga shukur, o`zingiznikilar yaxshi yurishibdimi?

— Rahmat, Xudoga shukur!

Yana nima desin? Jim qolishdi. Qiziq, bir paytlar ikkovlari soatlab gaplashishar, vaqt g`izillab o`tganini sezmay qolishar, ularning nazarida vaqt ham, suhbat ham tuamaydigandek edi. Endi- chi. Ikki og`iz hol-ahvol so`rishgandan keyin gaprigani birorta so`z qolmagan bo`lsa?

Saida ko`zlarini qo`lidagi gazetaga qadadi. Bir nuqtaga qadalgan nigohlaridan hech narsa o`qimayotganini aniqlash qiyin emasdi. Baxtiyor ham unga termilgan kuyi nimalarnidir o`ylayotgani, o`zi istamagan holda xotiralar ummoniga g`arq bo`lgani ko`rinib turardi.

Saida! Bu ism bir paytlar uning fikru yodini, jismu jonini, butun borlig`ini zabt etgandi. Usiz hayotni, tiriklikni tasavvur qila olmay qolgandi. U o`zini bu dunyoga aynan Saida atalmish benazir xilqat bilan uchrashish, sevish va sevilish, foniy umrni faqat u bilan birga yashab o`tish uchun kelgan, deb bilardi o`sha paytlar.

O`sha paytlar... u bitiruvchi kursda, Saida esa birinchi kursda o`qirdi. Muhabbat tarixi boshqalarnikidan deyarli farqlanmasdi. O`qish bahona tanishishdi, ko`ngil qo`yishdi. Keyin darsdan keyingi uchrashuvlar, bog` sayri, kinoteatrning tomoshalari zalida kechgan baxtiyor damlar... Hamma-hammasi Baxtiyorning xotirasida bamisoli sandiq tagida saqlanadigan eng nodir buyumlar singari ehtiyotlab kelinardi.

Saida bilan kechgan mas`ud damlar bir kun kelib, ana shunday nodir xotiralarga aylanadi, degan o`y u paytlar xayolga ham kelmasdi. Birov unga Saida payti kelib, uniki emas, etti yot begonaning hasmiga aylanadi, desa, naq yoqasiga chang solgan bo`lardi. Ammo, na ilojki, yaralganning emas, Yaratganning irodasi muqarrardir.

Odatda bitiruv imtihonlarini topshirib, qo`liga diplom olgan sobiq talabaning oldida ikki yo`l turadi: yo shaharda qolib, biror tuzukroq ishga joylashish yo bo`lmasa, ko`ch-ko`ronni orqalab, qishloqqa qaytish. Albatta, shaharda qolishga imkoniyati, tuzukroq tanish-bilishi bor odam ikkinchi yo`lni tanlamaydi.

Baxtiyor oilada yolg`iz o`g`il edi. Ota-ona bittayu bitta jigarbandini o`zidan yiroqlatgisi kelmaydi. Qolaversa, shaharda qolishning ham o`ziga yarasha murakkab tomonlari bor. Ayniqsa, yotoqxonadagi «izzati» bitgan bitiruvchi o`ziga durustroq boshpana topishi kerak.

U allaqachon diplomni qo`ltiqqa qistirib, qishloqqa jo`navorgan bo`lardi. Hech bo`lmaganda, biror maktabga borib, tarixdan dars bera olishiga ko`zi etadi. Ammo, Saida-chi! Ota-onasi qizlarini chekka qishloqqa uzatishga ko`nisharmidi? Har qalay shahar va qishloq, shaharlik va qishloqi o`rtasidagi tafovut, baribir, bilinadi.

Nega bu haqda Baxtiyor ham, Saida ham sal ertaroq, kinoteatrning nimqorong`i zalida, xiyobonning xilvat burchaklarida yoki darsdan keyin huvillab qoladigan auditoriyalarda bir- birining pinjiga kirib o`tirgan paytlarda o`ylashmadi. Vaqti- soati kelib do`ppi tor kelganida, ikkoviyam nima qilarini bilmay qoldi.

Baxtiyor ota-onasining ra`yini besh qo`ldek bilardi. Muhabbati har qancha kuchli bo`lmasin, ularning xohishiga qarshi borishni o`ziga ep ko`rmaydi. Hamma gap qizning ota-onasida qolgandi. Saida uydagilar bilan maslahatlashib kelgan kuni aytgan gapi shu bo`ldi

— Adam bilan uchrasharkansiz!

Nufuzli idoraning quyiroq rutbadagi xodimi uni o`z kabinetida, xiyol tund kayfiyatda qarshi oldi. Gap boshlashdan avval ho`kizning qancha go`sht qilishini chamalagan qassobday yigitga boshdan oyoq sinchkov razm solib chiqdi.

— Qizim — meni eng katta boyligim, — dedi vazmin ohangda ota yigitning elkasi osha devorda ilingan allambalo jadvallarga ma`nosiz tikilib. — Shu paytgacha uning ko`ngliga qarab keldik. Qizimizning baxti uchun hamma narsaga rozimiz. Faqat u ko`zimizning o`ngida bo`lsa deymiz. Shaharda o`sgan qiz dalaning og`ir sharoitiga chidolmaydi. Hozir ko`ziga hech narsaga ko`rinmasligi mumkin. Lekin vaqti kelib, afsuslanib qolishini istamaymiz. Ikkinchidan, biz – xo`jalardanmiz. Sizlar-chi?

Baxtiyor ish bitirish ilinjida yolg`on gapirishga o`rganmagani uchun, ochig`ini aytib qo`ya qoldi:

— Yo`q, bizning na xo`ja, na said, na eshonlarga aloqamiz bor. Shu oddiy o`zbekmiz, xolos.

Otaning uzun bo`yni yana biroz cho`zilganddek, kibrli qiyofasi yanada takabburlik kasb etgandek bo`ldi:

– Unda xo`jalar qoralarga qiz bermasligini yaxshi bilasizlarmi?

Biladi, ba`zilar o`z suhbatdoshini mensimay sizlagisi kelmasa, negadir sensirashga ham tili bormasa, xuddi shu tarzda – ikkinchi shaxs, ko`plikda murojaat qilishini ham biladi.

— Mayli, men-ku odam ayirishni uncha xushlamamayman. Lekin baribir, qizimni Toshkentdan olib ketishlariga ikki dunyodayam yo`l qo`ymayman. Ana, xohlasanglar, shu erda qolinglar, tuzukroq ishga joylashib, uy-joy masalalarini hal qilinglar, ana undan keyin yana bir o`ylashib ko`rarmiz. Tushundinglarmi?

— Tushundik, dedi Baxtiyor istehzo bilan. — Endi biz ketaveraylikmi?..

Har qalay Saidaning otasi Baxtiyorga qanchalik noxush taassurot qoldirgan bo`lsa, kuyovlikka nomzod ham unda yaxshi fikr uyg`otmagani aniq edi. Qiz bilan keyingi uchrashuvdayoq hammasiga nuqta qo`yildi.

Hammasi qanchalar shiddatli, ehtirosli boshlangan bo`lsa, shu qadar tez va sovuqqonlik bilan yakun topdi.

Oxirgi uchrashuv chog`ida:

— Dadangiz bilan men bir-birimizga to`g`ri kelmadik, — deya dangal gap boshladi Baxtiyor. — Bizga o`xshagan qora xalq vakillari u kishiga mos kelmas ekan. Qolversa, qizlarini qishloqqa bermas ekanlar. Men esa ota-onamni tashlab kelgim yo`q.

O`shanda qizning nigohlarida chaqnagan qo`rquv, alam, hayrat va nafratning mushtarak aksi hamon Baxtiyorning ko`z o`ngidan ketmaydi.

— Hali shunaqmi? O`lsam ham seni deyman, sensiz bir
Yoqdi [0] | Yoqmadi [0]
 14.01.2018 19:41 449 0 BayotSHOH

Statok.net