Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » Yangilklar

Soliq pasaytirilgan, lekin mashinalar narxi pasaymaydi

screenGM Uzbekistan aksiz solig'i tushirilganiga qaramay, mashinalari narxini pasaytirmasligini ma`lum qildi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida e`lon qilingan xabarnomada aytilgan. Mashinalarning narx-navosiga oid ushbu xabarnomada aksiz soliq stavkasining o'zgarishi bilan narxlar tushirilishi ko'zda tutilmayotgani ta`kidlab o'tildi.

O'zbekistonda joriy yildan GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillari uchun aksiz solig'i 5,4 barobarga kamaytirilgan. Oldin aksiz solig'i 27 foizga teng bo'lsa, hozirda bu ko'rsatkich 5 foizni tashkil etadi.

Shunga qaramay, korporatsiya bu holat avtomobillar narxida aks etmasligini ma`lum qilmoqda. Xabarnomada bu chora kursdagi tafovut sabab xarajatlarning oshib ketishi qoplashga xizmat qilishi ta`kidlangan.

«2017 yilning 5 sentabrida Vazirlar Mahkamasining «GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 701-sonli qarori imzolandi. Unga ko'ra yengil avtomobillarning ulgurji va chakana narxlari O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 31 avgustdagi kursi bo'yicha (4210,35 so'm) qat`iy belgilab qo'yildi. Valyuta kursining o'zgarishi GM Uzbekistan avtomobillarining Vazirlar Mahkamasining 701-sonli qarori bilan tasdiqlangan ulgurji va chakana narxlar hisob-kitobiga salbiy ta`sir ko'rsatmasligi uchun GM Uzbekistan yengil avtomobillari uchun belgilangan aksiz soliq stavkasi 5 foiz etib belgilandi. Bu esa kursdagi tafovut sabab xarajatlarning oshib ketishi qoplash va bu bilan avtomobillarning chakana narxlaridagi barqarorlikni ta`minlash imkonini berdi.

O'z-o'zidan kelib chiqadiki, aksiz soliq stavkasining o'zgarishi bilan narxlar tushirilishi ko'zda tutilmayapti», — deyiladi xabarnomada.
Yoqdi [0] | Yoqmadi [0]
 10.01.2018 22:03 162 0 BayotSHOH

Statok.net