Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » Sevgi va Muhabbat

IKKI DARAXT

screenBog'da ikki daraxt ko'rdim, hardoyim bahordan so'ng o'sha daraxtlar bir biriga intizor bo'lib tushkun hollatda yig'lar, Ammo har bahor kelganda o'sha daraxtning biri gullab shunaqangi chiroyli bo'larkan, o'shanda ikkinchi daraxtning sevishini va o'z sevgilisini unitarkan. O'sha bahor oyida sevgilisi bilan shirin suhbat o'rniga boshqa daraxtlar bilan yaqin bo'lar, ikkinchi daraxt esa uning bu qilayotgan ishini ko'rib kechalari tinmay shamol og'ushida yig'larkan. Kunlar тtib bahor fasli shamol misol yelga uchar va shu bevafo daraxtning go'zal pushti gullarini xazon misol to'kkanida va  chiroyini olganida uning aqli kirarkan, endi uning ishongan chiroyi yo'q, boshqa yirik daraxtlarham unga beparvo, parda tortilgan ko'zlari esa endi ochildi. U ich-ichidan his qilar, endi hammasi kech, axir uning qimmatli va qadirli bo'lgan o'sha ishqi, yuragi va qalbi qo'lma qo'l bo'lib bo'ldi. U shu yuragini bahor kelmasdan oldin bog'dagi yagonasiga bag'ishlagan edi, afsus o'sha ikki yurak  shu bog'dagi mozorga ko'mildi endi uning xiyonatidan bog'dagi bulbullar qushlar sevgi nolasini kuylamas, balkim nafrat alam bilan xiyonat kuyini yig'lab kuylashar. Shu qilgan xiyonatidan hattoki bog'dagi tikonlarham yig'lashar va lanatlashardi Endi o'sha shirin damlar yo'q. Gullab turgan bog'ham o'z tarovatini yuqotgan baxt degan so'z endi unga begona.
Yoqdi [6] | Yoqmadi [0]
 23.06.2017 21:53 220 1 zinurasia

Statok.net