Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » She`rlar

.::ALDAMA YOR::.

screenAldama yor faqat meni aldamagin
Yonib ketdim go'zallarning yolg'onidan
O'tmishimni yodga solib qiynamagin
Chiqqanimda o'tmishimning bo'ronidan

Aldama yor faqat meni aldamagin
Sevolmasman sendan o'zga bir go'zalni
Aldasang ham sezdirmagin indamagin
Yozdim degin siz yozolmagan g'azalni

Aldama yor faqat meni aldamagin
Gullar tutay nozikgina qo'llaringga
Mendan kechib o'zgasini tanlamagin
Jonim fido bo'sin gulim yo'llaringda

Aldama yor faqat meni aldamagin
Borligimda dardingni ayt yuzlarimga
Bu dunyodan ketib qolsam yig'lamagin
Gar sog'insang qarab qo'ygin suratimga
Aldama yor faqat meni aldamagin!!!

Nodir Bek
Yoqdi [2] | Yoqmadi [0]
 Iyun. 22:12 96 0 998913272866

Statok.net