Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » She`rlar

Nazm Gulidan (she'r)

screenNilufar ham oddiy qizaloq.
Biroz injiq, biroz telbaroq.
Hayot unga bergan ko'p saboq
Goho jiddiy, goxida quvnoq.
Hayotidan go'zal hayoli.
Xayolida bordir bir yori.
Chin yigitdir ishqda vafoli.
Ishq ila jam nomusu ori.
U yigitda balanddir g'urur!
Nomaxramga gaplar otmaydi!
U ham muhabbatidan masrur!
Ishqin bozor qilib sotmaydi!
Alpqomatu sersavlat emas.
Lekin oqil va pokidomon.
Tillo zarli serdavlat emas!
Dil boyligin qilar nomoyon!
Ayolini sevar chin dildan.
Ro'zg'or yuki og'rintirmaydi.
Shu yigitni sevdim dilimdan!
Ammo uni xechkim bilmaydi!
Shu ishqimning erka ertagi.
Uni so'zlab dilim yayraydi!
Shu yigitdir ko'nglim keragi.
Dilda sog'inch sasi sayraydi.
Agar chindan suyar bo'lsangiz.
Shu yigitdek bo'ling nomoyon.
Pok ishq ila kuyar bo'lsangiz!
Mem ham sizla kuyay yonma yon.
Yoqdi [0] | Yoqmadi [0]
 Iyun. 11:52 57 0 UlugbekShayx

Statok.net