Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » She`rlar

Nazm Gulidan (she'r)

screenO'tkinchidir tashqi go'zallik!
Dil chiroyi har nedan ustun!
Biz sharqona ishqni kuylaylik.
Elga o'rnak bo'lmoqlik uchun.


Bizda asli maqtalar edi
Yuzin to'sgan xarir ro'moli.
Gul qizlarni saralar edi
Oy yuzida bir dona xoli.


O'zbek o'g'lonlarin orzusi
Uzun ko'ylak turkman qiz edi.
Bugun uzun ko'ylak qayg'usi
Dengiz ichra bir tomchi bo'ldi.


Qirq kokilli qizlarga bugun
Parivash deb qaramaydilar.
Zamonamiz go'zali har tun
Uchrashuvdan bo'shamaydilar.

Uchrashuvlar qilib yarim tun.
Men o'zimga to'g'riman deydi.
Shayton xirsi iymondan ustun.
Yurak olar o'g'riman deydi.
Yoqdi [1] | Yoqmadi [0]
 Iyun. 11:14 52 0 UlugbekShayx

Statok.net