Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡

Bloglar » She`rlar

Sevib qolgim kelyabti

Yonar ichimda nedir,
Menga nima bo'lyapti.
Shu kunlarda kimnidir,
Sevib qolgim kelyapti.

Ochib ko'ngil xatimni,
Sinaymi omadimni,
Topib bir mos juftimni,
Sevib qolgim kelyapti.

Tinchlik bermas armon ham,
Ezar to'rtta tomondan,
Shu kunlarda yomonam,
Sevib qolgim kelyapti.
Shunchagi havasgamas,
Ishq mayidan bo'lgum mast,
Hammasidan to'ydim, bas,
Sevib qolgim kelyapti.
Yoqdi [2] | Yoqmadi [0]
 09.06.2017 12:18 233 0 BayotSHOH

Statok.net