Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jamiyat yangiliklari

Toshkentda «gashishchi»larga sud xukmi o'qildi



Joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shaxri, Sergeli tuman sudi Bakaev Sh. raisligida sud majlisi o'tkazildi. Majlisda sudlanuvchi A.I. va M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi (bu qismning giyoxvandlik vositalarini olib o'tish bandi tegishli) va 273-moddasi 5-qismi (Giyoxvandlik vositalari yoki psihotrop moddalarni ko'p miqdorda qonunga hilof ravishda sotish) sud ishi ko'rib chiqildi.

Sudning aniqlashicha, A.I. Murod ismli shahsga 13 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi «Ipoteka-bank» Chilonzor filialida «Zolotaya korona» halqaro pul o'tkazma turi orqali o'tkazgan pullari va Whatsapp va IMO ijtimoiy tarmoqlari orqali so'zlashuvlar bilan ayb o'z isbotini topdi. Ushbu jinoiy faoliyatda birgalikda xarakat qilgan A.I. va M.J. Murod ismli shahs bilan kelishgan. Bu shahs Qirg'iziston Respublikasidan O'zbekiston xududiga bojhona tekshiruvini chetlagan xolda «Kamaz» yuk mashinasida 5 kg. «gashish» giyoxvandlik vositasini o'tkazgan. Toshkent shaxri Chilonzor metro bekati yaqinida giyoxvandilik moddasi bilan qo'lga olingan.

Sud aybi isbotlangan sudlanuvchilarga jazo tayinladi. Sudlanuvchi A.I. Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 5-qismi bilan aybdor deb topilib, 14 yilga ozodlikdan maxrum etildi. Sudlanuvchi M.J. ga nisbatan xam 246-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 5-qismi bilan 12 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosi va Kodeksning 96-moddasi bilan jazoni ijro etish joylarida giyoxvandlikdan (gashish) majburiy tarzda davolash tayinlandi.

Taraflarga suddan norozi taraf 10 kun ichida shikoyat qilish xuquqi tushuntirildi.

Qo'shilgan: 1 haf. 21:15
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net