Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

MH17 xalokati qurbonlarining qarindoshlari Trampdan Putinni «tavba qilishga» ko'ndirishga chaqirishdi



Malayziyaning Boing samolyoti xalokati qurbonlarining oilalarini birlashtiruvchi ishchi gurux AQSh prezidenti Donald Trampga maktub bilan murojaat qildi.

Murojaatda Trampdan Vladimir Putinni Donbass osmonida yo'lovchi samolyotining xalokatga uchrashi xaqida batafsil malumotlarni elon qilishga ko'ndirish so'ralgan xamda «tavba qilishning kechi yo'qligi» takidlangan. 

Trampga yo'llangan maktubda xalok bo'lganlarning qarindoshlari Moskvaning pozitsiyasini «voqea to'g'risidagi xaqiqatni yashirishga urinish» deb baxolashgan xamda bu xolatni Ar-Riyodning jurnalist Jamol Qoshiqchining o'limida o'zini tutishi bilan qiyoslashgan.

«Siz yaqinda janob Jamol Qoshiqchining o'ldirilishini "tarihdagi eng yomon xaqiqat yashirish" deb atadingiz. Barcha faktlarni bilmasligimizni tan olgan xolda aytamizki, siz xaqqa o'hshaysiz. Va biz MN17 bortidagi 298 kishining o'ldirilishini xam Qoshiqchi o'ldirilishi bilan bir toifada turadi deya olamiz», deyiladi maktubda.

To'rt yildan buyon olib borilayotgan tergovning rasmiy hulosasiga ko'ra, 2014 yil iyulda Donbass osmonida MN17 samolyotini urib tushirgan BUK majmuasi raketasi Rossiyada ishlab chiqarilgan. Rossiya rasmiylari fojiaga aloqadorligini rad etib kelmoqda va Boing ukrain xarbiylari tomonidan urib tushirilganini bildirmoqda.  

 

Qo'shilgan: 1 haf. 20:55
O'qilgan: 2
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net