Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - O`zbekiston yangiliklari

Hitoy tili bo'yicha o'tgan 13-halqaro konferentsiyada O'zbekiston fuqarosi g'olib bo'ldi



13-halqaro hitoy tilini o'qitish va tadqiq etish konferentsiyasi xamda 1-halqaro Pekin universiteti hitoy tili forumida eng innovatsion maqola egasi sifatida o'zbekistonlik  Jasur Yakubov tan olindi. Sinologlar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu konferentsiyaga bu safar Pekin universiteti mezbonlik qilgandi.

Konferentsiyada Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti xamda Pekin chet tillari universiteti doktoranti Jasur Yakubovning «Boshlang'ich daraja guruxlari uchun mo'ljallangan hitoycha-o'zbekcha pedagogik lug'atidagi morfoleksema va so'zlar tasnifi xamda ularning grammatik belgilari» deb nomlangan maqolasi qatnashdi va g'olib bo'ldi.

G'olibga sertifikat va katta miqdordagi pul mukofoti topshirildi.

Malumot o'rnida: Jasur Yakubov, xozirda, Pekin chet tillari universiteti professori Chen Guohuaning raxbarligi ostida «Boshlang'ich daraja guruxlari uchun mo'ljallangan hitoycha-o'zbekcha pedagogik lug'atining tadqiqi va tuzilishi» mavzusida izlanish olib bormoqda.

Qo'shilgan: 1 haf. 20:25
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net