Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - O`zbekiston yangiliklari

Rossiyada vafot etgan fuqarolarning jasadlari vatanga bepul olib kelinishi yo'lga qo'yilishi mumkin



6-8 noyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig'matilla Yo'ldoshev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo'ldi.

8 noyabr kuni Senat raisi Nig'matilla Yo'ldoshev, rais o'rinbosari Sodiq Safoev va boshqa senatorlardan iborat O'zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi elchihonada Rossiyada istiqomat qilayotgan o'zbek diasporasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazgan.

Yig'ilganlar senatorlarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishgan.

Xuquqshunos Botirjon Shermuxamedov o'zining feysbukdagi saxifasida yozishicha, senator Sodiq Safoev Rossiyadagi o'zbek milliy-madaniy markazlari va o'zbeklarning jamoat tashkilotlari o'zbekistonlik mexnat migrantlari bilan ishlashlari uchun moliyaviy qo'llab-quvvatlanishi ustida ishlashga vada bergan. Shuningdek, elchihona tomonidan xuquqiy yordam ko'rsatilishi takidlangan.

O'zbekiston xukumati Rossiya xududida vafot etgan fuqarolarining jasadlarini vatanga bepul olib kelish ustida xam ishlamoqda.

Uchrashuvda O'zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Botirjon Asadov ayni vaqtda ushbu masalada «O'zbekiston xavo yo'llari» aviakompaniyasi bilan muzokara o'tkazilayotgani xaqida malum qilgan. Elchi ushbu masala ijobiy echim topishiga ishonch bildirgan.

Qo'shilgan: 1 haf. 20:25
O'qilgan: 4
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net