Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Sport yangiliklari

EChLda xaftaning eng yahshi futbolchisi aniqlandi



«Tottenxem» xujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasida xaftaning eng yahshi futbolchisi deb topildi.

25 yoshli angliyalik futbolchi seshanba kuni PSVga qarshi kechgan baxsda dubl qayd etgan edi. U UEFA rasmiy saytida o'tkazilgan ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, «Crvena Zvezda» azosi Milan Pavkov, «Manchester Siti» xujumchisi Riyod Maxrez va «Real» forvardi Karim Benzemani ortda qoldirishga muvaffaq bo'lgan.

Keyn Chempionlar ligasining ushbu mavsumida 4 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol muallifi bo'lib turibdi.

Malumot uchun, davogarlar safidagi Pavkov xam dublga erishib, «Liverpul»ning sensatsion mag'lubiyatga uchrashiga (0:2) asosiy sababchilardan biri bo'lgan; mezbonlarning yirik 6:0 xisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan «Manchester Siti» - «Shahtyor» o'yinida Maxrez bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan; Benzema xam «Real»ning safardagi «Viktoriya Plzen» bilan o'yinida (5:0) dubl qayd etgandi.

Qo'shilgan: 1 haf. 20:15
O'qilgan: 4
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net