Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Sport yangiliklari

Afsonaviy bokschi Feliks Savon xibsga olindi – OAV



Boks bo'yicha uch karra Olimpiya chempioni, kubalik Feliks Savon o'z yurtida balog'atga etmagan bolani zo'rlashda ayblanib xibsga olindi. Bu xaqda Kuba OAVga iqtibos keltirgan xolda Boxing Scene portali habar qildi. 

Malumotlarga ko'ra, 51 yoshli sobiq bokschi bir oilaning shikoyatidan keyin xibsga olingan. Ota-onaning takidlashicha, Savon ularning 12 yoshga etmagan farzandini zo'rlagan.

Savon 30 sentyabrda xibsga olingan, biroq xukumat bu voqeani ovoza qilishni istamayapti.

Takidlanishicha, bu Savonning birinchi shunday qilmishi emas, xukumat milliy qaxramonning shaniga dog' tushirishni istamay, uning avvalgi shunday jinoyatlarini yashirib kelgan. 

Savon sport faoliyatini 2001 yilda yakunlagan. U uch marta Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritgan tarihdagi 3 bokschidan biri xisoblanadi. Bunday natijaga o'z vaqtida yana bir kubalik bokschi Teofilo Stivenson va vengriyalik Laslo Papp erishgan.

Feliks 91 kg gacha vazn toifasida Barselona (1992), Atlanta (1996) va Sidneydagi (2000) Olimpiadalarda zafar quchgan.

Etiborlisi, xamyurtimiz Ruslan Chagaev 1997 yilgi jaxon chempionatining finalida aynan Savonni mag'lubiyatga uchratib, jaxon chempioni unvonini qo'lga kiritgandi.    

Qo'shilgan: 1 haf. 20:15
O'qilgan: 5
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net