Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Iqtisodiyot yangiliklari

Halqaro valyuta jamg'armasi O'zbekistonga ikki yil doimiy maslaxat beradi - Jamshid Qo'chqorov 



Halqaro valyuta jamg'armasi 2019-2020 yillarda O'zbekistonga isloxotlarni amalga oshirish bo'yicha doimiy maslaxatlar beradi. Soliq kodeksiga esa, mamlakatdagi soliqlarning xar biri turini izoxlab beruvchi matnlar kiritiladi. O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov KUN.UZ muhbirining savoliga javob berar ekan, shu xaqda malum qildi. 

“Joriy iqtisodiy vaziyat va 2019 yilgi asosiy iqtisodiy vazifalar” mavzusida tashkil etilgan ko'rsatuvda ishtirok etgan KUN.UZ muhbiri spikerlarga bir necha savol bilan murojaat qildi. Ularga Bosh vazir o'rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov quyidagicha javob berdi. 

Savol: O'zbekistonga horijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish hususida gap borganda, hususiy mulkni qanchalik ximoya qilinishiga etibor qaratiladi. Biroq, ayrim xollarda, hususiy mulk, jumladan tadbirkorlarga qarashli mol-mulkni sudsiz, aloxida bir topshiriqlar bilan buzish xolatlari yoki ularni davlat va jamoat extiyojlari uchun olib qo'yish xolatlari uchrab turibdi. Savol shundan iboratki, O'zbekistonda hususiy mulkni etarli darajada qanday ximoya qilish mumkin?

Jamshid Qo'chqorov: Sarmoyadorlarning mol-mulkini ximoya qilish borasida qator xujjatlar qabul qilingan. Xaqiqatdan xam bu masalada kamchiliklar bor edi. Yani, ular o'sha joyda qurilish ishlarini olib borish bo'yicha mol-mulklarni davlat va jamoat extiyojlariga olish xolatlari kuzatilayotgan edi. Men bu masalaning iqtisodiy jixatini aytib o'taman. Mana yaqinda mahsus qaror imzolandi. Endilikda, biror bir hususiy yoki shahsiy mulkka xar qanday ko'rinishda zarar etkaziladigan bo'lsa, yohud davlat va jamoat extiyojlariga olinadigan bo'lsa, dastavval etkazilgan zararni to'lab berishimiz kerak. 

Umuman, hususiy mulkni ximoya qilish masalasi doim dolzarb bo'lib kelgan masala. Ko'plab davlatlarda xam bu dolzarb masala. Respublika raxbariyatining esa, bu boradagi pozitsiyasi qatiy, xuquqiy mulkdorni ximoya qilish, uning manfaatlarini qo'llab-quvvatlashdir. 

Savol: Soliq isloxotlari davom ettiriladimi? Qo'shimcha qiymat solig'i 20 foiz sifatida belgilangan. Kelgusida bu miqdor kamaytiriladimi? 

Jamshid Qo'chqorov: Qo'shimcha qiymat soliq miqdorini keyingi yilgacha 20 foiz miqdorida saqlab qoldik. BU soliqni o'zgartirish bo'yicha muxokamalar qilinayotgani yo'q. Endi umuman soliq isloxotlari xaqida qisqacha fikrlarimni bildirmoqchiman. 

Boshlanayotgan soliq isloxotlari 2-3 yilga mo'ljallangan jarayon. Soliq tizimimiz umuman boshqacha, tubdan boshqacha bo'lishi kerak. Soliq tizimi odamlarning yoki korhonalarning  pulini majburan terib oladigan emas, balki ularga hizmat qiladigan tashkilotga aylanishi kerak. Tabir joiz bo'lsa, u erda barcha hodimlarni butunlay almashtirib qo'ygandek taassurot uyg'otishi kerak. 

Bu jarayonning uzoqligi shundan iboratki, xar bir soliq turi bo'yicha Soliq kodeksida qismlar bo'ladi. Keyingi yildan Halqaro valyuta jamg'armasi ikki yil mobaynida O'zbekistonga doimiy konsultatsiya beradi. Jaxon banki xam bu borada O'zbekistonga katta yordam bermoqda. Umuman olganda, men fursatdan foydalanib, Soliq kontseptsiyasini ishlab chiqishda yaqindan yordam berayotgan Halqaro valyuta jamg'armasi xamda Jaxon banki mutahassislariga minnatdorchilik bildiraman. 

Bir so'z bilan aytganda, bu borada Prezident tomonidan soliqqa tortish borasida xal qiluvchi qaror qabul qilindi, yani nomaqbul bo'lganlari bekor qilindi, ayrim stavkalar pasaytirildi. Endi ularning xar birining metodikasi, metodologiyasi bo'lishi kerak. Shu boisdan xam bu isloxot kamida 3 yilga mo'ljallangan og'ir mexnatni anglatadi. 

Qo'shilgan: 1 haf. 17:05
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net