Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

Moskvada xaydovchilarning piyodalarga yo'l bermaganlik xolatlarini qayd etish uchun kameralar o'rnatiladi



2019 yilda Moskva yo'llarida 200ta kamera o'rnatiladi. Ular boshqarilmaydigan o'tish joylarida xaydovchilarning piyodalarga yo'l bermaganlik xolatlarini qayd etadi. Bu xaqda yo'l xarakatini tashkil etish markazi matbuot hizmatiga tayanib Autonews.ru habar berdi.

«Afsuski, ko'plab yo'l-transport xodisalari piyodalarni zebra chiziqlarida o'tkazib yubormaslik bilan bog'liq. Piyodalar yo'l xarakatining eng kam ximoyalangan ishtirokchilari xisoblanishadi va transport xodisalarida xammadan ko'p aziyat chekishadi. Shu yilning o'zida 162 piyoda xalok bo'lgan – bu 9 oy davomida sodir bo'lgan YTXlarda qurbon bo'lganlarning yarmini tashkil etadi», — deyiladi matbuot hizmati habarida.

Yangi kameralar kelasi yil davomida o'rnatilishi rejalashtirilgan. Kameralar ijaraga olinadi. Shartnoma 5 yilga tuziladi va bu muddat davomida pudratchi kameralarning ish faoliyatini taminlab beradi. Ijara muddati nixoyasiga etganidan so'ng kameralar shaxar mulki xisobiga o'tadi.

Qo'shilgan: 1 haf. 17:00
O'qilgan: 2
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net