Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Sport yangiliklari

Drogba 40 yoshida faoliyatiga yakun yasadi



«Chelsi»ning sobiq xujumchisi Dide Drogba faoliyatidagi so'nggi o'yinini o'tkazdi. U 2017 yil baxoridan buyon Amerikaning ikkinchi divizioni – USL vakili «Finiks Rayzing» sharafini ximoya qilib kelayotgan edi.

Win or lose, @PHXRisingFC stay together. Farewell @didierdrogba thank you for an AMAZING season. Can’t wait for next year #RisingAsOne #UpRising pic.twitter.com/eUsbUmThXp

Finiks shaxri jamoasi bugun USL finalida «Luisvill Siti» klubiga qarshi maydonga tushib, 0:1 xisobida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu baxsdan so'ng Drogba butsalarini mihga ildi. Qayd etish joiz, u «Finiks Rayzing» klubi ho'jayinlaridan biri sanaladi.

Dide asosan «Chelsi»dagi faoliyati bilan yahshi tanilgan. U London klubi tarihida eng ko'p gol urgan horijlik futbolchi xisoblanadi. 2004-2012 va 2014-2015 yillardagi faoliyati davomida «ko'klar» libosida 164 ta to'p kiritgan xujumchi klubning umumiy to'purarlar ro'yhatida 4-o'rinda turadi.

Drogba 2002-2014 yillar oralig'ida Kot-dIvuar terma jamoasining 104 o'yinida qatnashib, 65 ta gol kiritgan va bu natija bilan terma jamoaning eng yahshi to'purari xisoblanadi. U 2006 va 2009 yillarda Afrikaning eng yahshi o'yinchisi deb etirof etilgan.

Qo'shilgan: 1 haf. 16:00
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net