Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Texnologiya yangiliklari

Huawei O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish uchun ilg'or echimlarni taklif qilmoqda



Mazkur yilning 6-7 noyabr kunlari Huawei kompaniyasi O'zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan «E-commerceDay» konferentsiyasida rasmiy xamkor sifatida ishtirok etdi. Ushbu konferentsiya internet-savdo soxasida hizmat ko'rsatadigan provayderlar, riteyl va elektron tijorat, shuningdek, IT va innovatsion ishlanmalar tayyorlaydigan kompaniyalar vakillari uchun O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish yo'nalishlarini muxokama qiladigan maydonga aylandi. Rossiya, Belarus, Ukraina, Hitoy, AQSh va O'zbekiston nomidan qatnashgan spikerlar elektron tijoratni yuksaltirish bo'yicha o'z tajribalari va  xayotiy misollar bilan o'rtoqlashdilar.

Huawei kompaniyasi mazkur tadbir doirasida O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratni rivojlantirishga doir qarashlari bilan bo'lishdi, shu bilan birga, IP-televidenie bazasidagi televizion-tijoratning ishlash hususiyati va imkoniyatlarini namoyish qildi. Ushbu echim yordamida mobil va qayd qilingan aloqa operatorlari uchun o'z bozoringizni o'stirish va barcha istemolchilarga qulay bo'lgan kommunikatsiya platformasini yaratish mumkin.

O'zbekistondagi Huawei  kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar departamenti direktori Davron Azizovning aytishicha,Huawei O'zbekistonda elektron tijorat taraqqiyotini birinchi navbatda mamlakatdagi barcha axoli punktlarini yuqori tezlikdagi va xamyonbop internet bilan qoplashga imkon beradigan keng polosali aloqa tizimlarini yaratishda va uning asosida mobil internet qamrovini kengaytirish lozimligida ko'radi.

«Aynan shu maqsadda kompaniyamiz mavjud tarmoqlar asosida foydalanuvchilar uchun ishonchli aloqani yaratish va bu orqali ularni mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotining faol azolariga aylantirish uchun innovatsion echimlarni targ'ib qilish maqsadida xozirda davlatimizning mutasaddi organ vakillari bilan mazkur mavzu yuzasidan  birlamchi muxokamalar olib borilmoqda. Ana shunday echimlardan biri sifatida Huawei Rural Star tehnologiyasini misol qilib keltirish mumkin. Dizel generatorlar o'rniga quyosh batareyalaridan samarali foydalanish, o'rnatishga ketadigan harajatlarning kamligi xamda tezda o'ziga sarflangan mablag'ni qoplashi ushbu echimning ustun tomonlari xisoblanadi» - deb qayd etadi  Davron Azizov.Shuni takidlash joizki, joriy yilda Huawei kompaniyasi«Innovatsiya kuni» doirasida UMS bilan xamkorlikda O'zbekistonda birinchi bo'lib Rural Star tehnologiyasini namoyish qilib, uni ishga tushirdi. Buning natijasida esa Surhondaryo viloyati Denov tumanidagi Sino axoli punkti mobil aloqa bilan taminlandi.

Xozirgi kunda keng polosali aloqa tizimi va mobil aloqa Markaziy Osiyo kesimida olib qaralganda juda cheklangan xududni qamrab olgan. Ushbu mintaqada keng polosali tarmoqning qamrovi atigi 34 foizni tashkil etadi holos.  Ilg'or AKT infratuzilmasi — bu iqtisodiy o'sish va intellektual dunyoni yaratish uchun kuchli rag'batdir. Mazkur yilda chiqarilgan Huawei kompaniyasining global tarmoq tasiri indeksida ko'rsatilishicha, AKT soxasiga kiritiladigan investitsiyaning yigirma foizga o'sishi yalpi ichki maxsulotni 1foizga, ish samaradorligini esa 20 foizga oshiradi. 

Reklama xuquqi asosida

Qo'shilgan: 1 haf. 14:55
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net