Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jamiyat yangiliklari

«Gazeta-dinozavr» – yo'qotilgach, qadri bilinadi



* Biz matbuot do'konlarida ijtimoiy-siyosiy nashrlarning bo'lmasligiga o'rganib qoldik...

* Bozorlarda, gavjum joylarda bunday nashrlarni erga yoyib sotishayotganiga ko'nikmadik, uchratmadik...

* Avtobuslarda, avtoturargoxlarda yosh bolalarning shov-shuvli, jiddiy maqolalar xaqida bong urgani xaqida eshitmadik...

* TVda rasmiy nashrlarning reklamasi, sharxi berilmadi...

Bunga extiyoj xam yo'q edi. Chunki muassisi bo'lgan nashrlar «ko'chada» qolmasdi... 

Rasmiy-siyosiy nashrlar «indamaygina», «imi-jimida» tashkilotlarga kirib bordi. Davlat tashkilotiman, degan borki, yilning so'nggi choragida obuna muammosiga duch keldi. Gazetaga muammo, deb qaraldi. Buning ko'plab asosli omillari bor, albatta.

«Jiddiy» gazetalar o'ta jiddiylashib ketdi. Kam eshitadigan, ko'p gapiradigan bo'lib qoldi. Orol qurib bordi, nashrlar saxifalarini suv bosdi... Katta yozuvchi aytganidek, mazmun degan narsa bir paqir suvning ustida suzib yurgan yog'ga o'hshab qoldi. Nashrlarimiz ko'pincha jiddiy tashkilotlarning xisoboti, medaga tegadigan tadbirlari bilan to'yindi. Hodimlar qarg'a «qag'» etganda bosiladigan tanqidiy, taxliliy materiallar bilan gazethonni ushlab turishiga ishondi. Jurnalist muammoni izlab borganidan ko'ra, muammo jurnalistni izlab kelgan xolatlar ko'p bo'ldi. Bunday murojaatlarga javoban xafsala qilgan taxririyatlar bo'ldi. Muammoni borib o'rgandi, echim topdi.

Va bu xarakatlar bizni xarakatsizlikka o'rgatib qo'ydi.

Bu urinishlar bilan gazeta qilib bo'lmas ekan. Bunday gazetalarni odamlar o'z istagi bilan o'qimas ekan. Matbuot do'konidan izlamas ekan. 

Natija esa bugun ko'pchiligimizga malum. 

UYQU UYFOTDI...

Rasmiy bosma nashrlarning uzoq uyqusi internetni uyg'otib yubordi. Biz kecha tan olmaganimiz, tasavvur qilolmaganimiz uchun bugun uyalib qolyapmiz. Tehnika – bu tehnika, taraqqiyot – bu taraqqiyot!

Insoniyat yo'qolib ketgan turlar xaqida gapirganda, odatda dinozavrlar va mamont­larni esga oladi. Chunki ular xajman katta. Shu sabab, bizga qiziq tuyuladi. Va ularni o'zimizcha «sog'inib» xam qo'yamiz. Kino va multfilmlarda, badiiy asarlarda gavdalantiramiz. Insoniyatni shafqatsizlikda, tabiat kushandasi sifatida ayblaymiz. Bugungi kunda yo'qolib borayotan turlar fojiasidayam insonni ayblaymiz.

O'zi shunaqa. Yo'qotilgach, qadri bilinadi.

Nima bo'pti, gazetayam bugungi dinozavr! Odamlarning orasiga sig'mayapti. Xajman kattaligi, yo'q, xajman mavjudligi bilan bizni qiynayapti. Millionlab darahtlarni «eyapti» (!). Yuz minglab odamlarning cho'ntagiga o'g'rilarcha qo'l solyapti. Oyligiga ko'z tikyapti.

Hulosa qilganlar xam bor: gazeta-dinozavr – bu qandaydir nomalum tur. Qachon paydo bo'lganiyam nomalum va u albatta, yo'qolishi kerak! U sog'ib bo'lingan sigir. Ikki asr sut berdi ahir, qaridi-da! Ahborotni endi TV, radio, internet xam bera oladi.

ESKI ODAMLAR

Yaqinda to'qsonga yaqinlashib qolgan fahriy jurnalist Gadoy Meliev keldi. Bu odam kamina tug'ilmasidan qirq yillar avval gazetachilikni boshlagan: – Bolam, gazetani sog'inaman-da. Xech narsa gazetaning o'rnini bosolmasa kerak. Anchadan beri kelolmagandim, mana, maxalladan yangiliklar, yahshi habarlar olib keldim. Gazetada bering, o'qib bir hursand bo'lishsin! 

Shokir Sheraliev – bu odam bir paytlar ancha-muncha yuragi botirlar xam qo'l urmagan ishni amalga oshirgan. O'zi tug'ilib o'smagan, mushugiyam adashmagan chekka bir tumanga borib tuman gazetasini tashkil qilgan. O'sha gazetani o'qib, marifatli bo'lganlar bugun juda katta odam. Shokir akani tanimasayam kerak. «Tumanda o'zi birgina ommaviy ahborot vositasi bor. Maxalliy habarlar, yangilik va muammolarni shu orqali o'qiyapmiz. Yonimizdagi odamlar, aniqrog'i, biz xaqimizda Toshkentdan kelib yozishmaydi-ku. Buning imkoniyati xam yo'q. Kulmasangiz aytay, kamiga men internetni tushunmayman. Maxallada telefondan shunchaki, foydalanish uchun xam «antenna» izlaymiz...» dedi ustoz.

Xasan Sultonov – «Oltin qalam» halqaro ko'rik-tanlovi soxibi. Moxir karikaturachi. «Mushtum»ni uzoq yillar, xozir xam «gullatayogan» rassomlardan biri. Jomboylik bo'lgani uchun xazil-chin shart qo'ydik: «Yoki bizgayam karikatura chizib berasiz yoki ko'chib ketasiz!». «Shart»ni qabul qildi. Xozir bu odam taxririyatning o'z hodimiga aylanib qoldi. Foya va takliflarimizni istaganimizdan-da yahshiroq aks ettiryapti. Xar bitta karikaturasidan keyin taxririyatga «katta­kon»lardan qo'ng'iroq bo'lib turibdi. «Ilxom quyilib kelyapti. O'zimni yosharganday sezyapman. Meni Jomboyga qaytadan tanitib yubordilaring, mashxur bo'lib ketdim...», deydi Xasan aka.

Bu toifa kishilarni birgina Jomboyning o'zida istagancha sanash imkoniyatimiz bor. Ular xozir xam biz, nabiralari tengi avlod bilan elkadosh.

Afsuski, ularning xech biri bugun internetni bilmaydi. Ular dinozavr davrida yashashgan, ishlashgan... 

Taxririyat qoshida tashkil etilgan «Parvoz» to'garagida xam qirqqa yaqin yoshlar maqola, sher va xikoyasi bilan qatnashib turibdi. Ayrimlarining qo'lida zamonaviy telefoni, internetga kirish imkoniyati bo'lsayam, xozircha ular shu erda, yonimizda. 

JARAYoN BORMI - XAYoT BOR

Ustozimiz aytardi: «Maqola tayyorlamoqchi bo'lgan joyingda qurilish, tamirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan bo'lsa, buni inobatga ol. Tartibsizlik, pala-partishlik bartaraf etilayotganini ko'rding, ishondingmi, u erda sen qiladigan ish qolmadi. Muximi, muammo bartaraf etilyapti. Jarayon ketayotganda, ularning ustiga chiqib tepish shart emas...»

Bugun o'zbek bosma ommaviy ahborot vositalarida tiklanish jarayoni ketyapti. 

Nashrlar eski aqidalaridan voz kechyapti. (Voz kechmayotganlar bo'lsa, ular xam yangicha ishlashga ertaga emas, bugun o'tishi kerak).

Masalan, birinchi marta Samarqand viloyatidagi «Zarafshon» gazetasi obuna uyushtirgan tashkilotlarga qimmatbaxo sovg'alar vada qildi. Vaxolanki, xar yili soxa fahriylari, ellikka yaqin pensionerlar taxririyat xisobidan obuna qilib berilardi. 

Navoiy viloyati, Karmana tumani «Karmana ovozi» gazetasi obuna bo'lgan tashkilotlarga kitob sovg'a qilishni taklif qildi.

Yana bir qator taxririyatlar (imkoniyati bori) gazetani obunachiga o'zi etkazib berishni rejalashtirib turibdi. Halqqa yaqin bo'lamiz, obunachining fikrini, taklifini olamiz. Joylardan habarlarimiz ko'payadi, degan fikrda.

Boshqa bir nashr gazetani bozorlarda, axoli gavjum joylarda jarchilar orqali sotishni o'ylayapti. 

Biz bilmagan, eshitmagan loyixalarni o'ylayotganlar topiladi, albatta. Bozor talabi, zamon talabi – shu. 

Bosma nashrlarning so'nggi ikki yilda ancha jonlangani, taxliliy-tanqidiy habarlarning ko'paygani, habar va yangiliklarni veb-sayt, turli ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalari orqali berib borayotgani esa izox talab qiladigan masala xam emas (Qolaversa, uzoq yillar davomida kuzatilgan o'lik sukunat faqat bosma OAVga emas, TV va radioga xam birdek tegishli).

Shu paytgacha bunday xarakatlar deyarli bo'lmagan. Ho'sh, gazetalarning yangicha ishlash tartibiga o'tayotgani, zamon talablarini o'ziga singdirayotgani – bu tiklanish jarayoni bo'lmay, nima? Bu xarakatlarga istalgan tizimda bo'layotgan isloxotlar kabi qarash kerak, holos. Ushbu vaziyatda soxaning ustiga chiqib tepish emas, jo'yali, asosli, mantiqli takliflar berish aqlli odamning ishidir.

GAZETAFOBIYa

Yaqinda majburiy obunaga yo'l qo'ygani uchun Bekobod tuman halq talimi bo'limi mudiri ishdan olindi. Bu habar ishini yahshi ko'radigan xar qanday tashkilot raxbarini sergaklantirdi. Gazetani deb ishdan ketishni kim xam hoxlardi!

Masalaning ikkinchi tomoni xam bor. Endi halq talimi bo'limi mudirlari, boringki, istalgan tashkilot raxbari hodimiga «Gazeta o'qing», deyolmaydigan darajada qo'rqib qolmadimikan? 

Bizningcha, gazetafobiya shu tahlit rivojlantirib borilsa, bosma nashrlar shu yilning o'zidayoq juda og'ir xolatga tushib qolishi aniq. Chunki biz «Majburiy obuna qildirishsa, pahtani majburiy terdirishsa, menga ayt. O'zim tazirini beraman, qaxramon bo'laman» deyapmiz. Ammo «Vijdon va aql tarozisi bilan o'yla. Pahtani fursati kelib sening yordamingsiz xam terib olishlari mumkin. Xozircha qalb amri bilan pahta ter, shundayam tekinga emas. Borki, gazeta o'qi. Saviyang, saloxiyating uchun. Soxangning yahshi mutahassisi bo'lishing uchun bu xam bir manba», demayapmiz. 

HULOSA

Bosma nashrlarda ishlayotganlar majburiy obuna tarafdori emas. To'g'ri, shu paytgacha mehanizm shunday ishlab kelgandi. Endi o'sha xalqa uzib qo'yildi. Demak, endi gazeta hodimining mexnati yanada og'irroq, zalvorliroq bo'ladi.

Dunyoda gazeta o'qilyapti. Qaysidir mamlakatda yuz kishidan uch-besh kishi, boshqasida ellik va undan ortiqroq kishi gazeta o'qiydi. Ammo biz qanday davlatga aylanganimiz maqul? O'qiydigan, ongli tarzda mutolaa qiladigan jamiyatgami yoki osongina gazetadan voz kechadigan millatgami?

Insonga beriladigan eng eski va dastlabki savol: «Ho'sh, kim bo'lmoqchimiz?!»

Isomiddin Po'latov, «Jomboy tongi» bosh muxarriri

Qo'shilgan: 1 haf. 14:55
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net