Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Iqtisodiyot yangiliklari

Albert Eger: Isloxotlar natijalarini ko'rish uchun sabr qilish kerak



O'zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxotlarning ijobiy natijasini ko'rish uchun sabr qilish kerak bo'ladi. Chunki ular amaliyotga joriy etilishi va samara berishi uchun vaqt talab etiladi. Halqaro valyuta jamg'armasining Yaqin sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori maslaxatchisi Albert Eger shunday fikrlarni bildirdi. 

“Iqtisodiyotni liberallashtirish o'z-o'zidan bo'ladigan jarayon emas. Xattoki, 1990-yillar boshida Sharqiy Evropa mamlakatlarida xam iqtisodiyotni bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o'tkazish, iqtisodiyotni liberallashtirish uchun malum bir vaqt talab etildi. Albatta, ularda bu jarayon ancha tez, 10 yil atrofidagi muddatda amalga oshdi. Biroq, o'sha davlatlar xam o'tkazilgan isloxotlar samarasini ko'rishi uchun shuncha yil kutishdi”, - dedi halqaro ekspert.  

Shu bilan birga, uning fikricha, O'zbekistonda o'ziga hos ustunlik jixatlari xam borki, ko'pchilik mamlakatlarda bu narsa ko'zga tashlanmaydi.

“O'zbekiston ayrim mamlakatlarda bo'lmagan ustunliklarga ega. Shulardan biri bu demografik vaziyat. Bu erda mexnatga layoqatli yoshlar ko'p. Ayni shu narsa isloxotlarni qulaylik va osonlik bilan amalga oshirishda zarurdir. Qayd etish o'rinliki, O'zbekiston iqtisodiyotining o'sishi qurilish, tog'-kon sanoati, kommunikatsiya sektoriga to'g'ri kelmoqda. Biroq bu soxalarda ko'p ish o'rni barpo etib bo'lmaydi. Shu sababli ish o'rni ko'p talab qilinadigan fabrika-zavodlar tashkil etishga etibor qaratish muximdir”, - dedi Albert Eger.

Qo'shilgan: 1 haf. 11:45
O'qilgan: 4
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net