Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

AQSH joriy yilda 192 milliard dollarlik qurol sotdi 



AQSH 2018 yilda qurol savdosi xajmini 13 foizga oshirdi, bundan olingan tushum esa 192 mlrd dollardan oshdi. Bu xaqda AQSH davlat departamenti malumotlariga iqtibos keltirgan xolda TASS ahborot agentligi habar berdi. 

Malumotlarga ko'ra, 2018 moliya yilida AQSHning horijiy davlatlarga qurol sotishi xajmi 33 foizga o'sib, 55,66 mlrd dollarni tashkil qilgan. Hususiy shartnomalar qiymati esa 136,6 mlrd dollarga etgan.  

Oq uy mamuriyati vakilining aytishicha, savdo xajmi AQSH prezidenti Donald Trampning “Buy American” (“Amerikada ishlab chiqarilganni sotib ol”) dasturi evaziga o'sgan. Bu dastur horijga qurol sotishga qo'yilgan bir qator cheklovlarni bekor qilgan.

AQSH dunyoda eng yirik qurol eksportchisi bo'lib qolmoqda. Etakchi beshtalikka Rossiya, Hitoy, Frantsiya va Germaniya kiradi.

Qo'shilgan: Juma. 11:20
O'qilgan: 2
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net