Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - O`zbekiston yangiliklari

Abdulaziz Komilov Germaniya TIV raxbari bilan uchrashdi



8 noyabr kuni Berlin shaxrida xukumat delegatsiyasiga raxbarlik qilayotgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bilan uchrashdi.

TIV matbuot hizmati habar berishicha, suxbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa soxalarda, shuningdek, «O'zbekiston - Evropa Ittifoqi» shaklidagi xamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muxokama qilingan.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar va halqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Afg'onistondagi vaziyat muxokamasi chog'ida, Afg'onistonda tinch muloqotni boshlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va bu mamlakatdagi loyixalarni amalga oshirishda xamkorlik qilishga tayyor ekanliklari takidlandi.

SHu kunning o'zida Berlin shaxrida tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslaxatlashuvlarning navbatdagi raundi bo'lib o'tdi.

Qo'shilgan: Juma. 11:20
O'qilgan: 2
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net