Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - O`zbekiston yangiliklari

Toshkentda yo'lovchi tashish bo'yicha halqaro anjuman bo'lib o'tdi



30-31 oktyabr kunlari Toshkentda O'zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston xamda Tojikiston respublikasi yo'lovchi tashuvchi temir yo'l mamuriyati vakillarining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda yo'lovchi tashish borasidagi qo'shimcha qulayliklar va imtiyozlar bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Hususan, halqaro yo'nalishlarda qatnaydigan yo'lovchi poezdlariga chiptalarning oldindan harid qilish muddatiga qarab belgilangan chegirmalarga o'zgartirishlar kiritildi. Unga ko'ra, shu vaqtga qadar yo'lovchi sv va kupe vagonlar uchun chiptani poezdning jo'nash kunidan 45-31 kun oldin harid qilishida belgilangan 45 foizlik chegirma 45-41 kun oldin 55 foizga ko'tarildi. 40-31 kun oralig'ida harid qilingan yo'l chiptalar uchun 45 foiz va 30-6 kun oraligida harid kilingan chiptalar uchun 35 foiz imtiyoz belgilandi.

SHuningdek, endilikda yo'lovchilar platskart vagonlari uchun chiptani 45-41 kun oldin harid qilsa 45 foiz, 40-31 kun oralig'ida 35 foiz, 30-6 kun muddatda esa 25 foiz chegirmaga ega bo'ladilar. Tadbir davomida ishtirokchilar vagonlarda servis hizmatini yanada oshirish borasida fikr yuritishdi. Xamkorlikda yangi yo'nalishlarni joriy etish, uning tehnik va tehnologik jixatlari xam majlis ishtirokchilarining asosiy etiborida bo'ldi.

Malumki, «O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiya, Qozog'iston xamda Qirg'iziston davlatlariga qatnovlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada yangi imkoniyatlarni ishga solish davr taqozosidir. SHu bois anjuman ishtirokchilari ushbu masalaga aloxida to'htalib o'tishdi. SHu bilan birga temir yo'l orqali sayyoxlikni yanada rivojlantirish xaqida so'z yuritildi.

Muzokaralar yakuniga ko'ra yig'ilish bayonnomasi imzolandi.

Qo'shilgan: Juma. 11:00
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net