Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jamiyat yangiliklari

Hayriya: Ikki marta infarktni boshdan kechirgan Komiljon akaga yordam qo'lini cho'zaylik!



“YAhshilik qilishga sababchi bo'lgan kishiga xam yahshilikka beriladigan savob mislicha hayr yoziladi”, - degan xadisdan ko'pchiligimizning habarimiz bor. Kun.Uz taxririyati ayni shu bashoratga inongan xolda insonlarni yahshilikka, o'zaro mexr-muruvvat ko'rsatishga yo'llash maqsadida hayriya aktsiyalari o'tkazib keladi. 

Bu safargi hayriya aktsiyasini Toshkent viloyati, Parkent tumani, Qoraqalpoq qishlog'i, Yoshlik maxallasida istiqomat qiluvchi Komiljon Soliev honadonidan o'tkazishni niyat qildik. 

1976 yilda dunyoga kelgan Komiljon aka endigina qirqqa kirgan qirchillama vaqtida, 2015 yil martida ilk infarktni boshdan kechirdi. Alloxning sinovi ekan, 2018 yil iyulda ikkinchi marotaba infarkt bo'lib qoldi. SHifokorlar Komiljon akaning yurak-qon tomir tizimida tromb borligini aytishgan. 

 

Takidlash o'rinliki, tibbiyot tehnologiyasi rivojlangan bugungi kunda bu kabi kasalliklarni davolash imkoniyati mavjud bo'lib, qon tomiri toraygan va tromb paydo bo'lgan joylariga “stend” qo'yib, kengaytirish kerak bo'ladi. 

SHifokorlar tahminan 3-4ta stend qo'yish kerakligini, shu bilan birga, uning soni chuqur tekshiruvdan keyin malum bo'lishini, biroq 3tadan kam bo'lmasligini aytishgan. Stendning bir donasi esa, 8 mln so'mdan 23 mln so'mgacha ekanini xisobga olganda, 4 ta stend qo'yilganida eng arzoni 32 mln so'm bo'ladi. Jarroxlik amaliyoti uchun 4 mln so'm, mahsus tibbiy uskunada tekshirish narhi 3,5 mln so'mni tashkil etadi. Bir kunlik koyka narhi va dori-darmonlarni tahminiy qo'shganda xam 50 mln so'm atrofidagi mablag'ni tashkil etadi. 

Rafiqasi bilan 2 farzandni voyaga etkazayotgan Komiljon aka Parkent tumanidagi maxalliy bozorda temir-tersak olib-sotish bilan shug'ullanib keladi. Biroq mana 3 oydan oshdiki, to'shakda yotibdi. Birinchi marta infarkt bo'lganida xovlisining yarmini 12 mln so'mga sotib, davolanishga to'g'ri kelgan. Komiljon aka farzandlari yosh bo'lgani sababli davolanishi zarurligini, xovlini sotsa, boshpanasiz qolishi mumkinligidan hayriya aktsiyasi o'tkazib, yurtdoshlaridan yordam so'rashga qaror qilganini aytdi.

Sahovatpesha yurtdoshlar, bugun ushbu hayriya aktsiyasi vositasida yana sizga yuzlanib, yordamga va davolanishga muxtoj Komiljon akaga xam exson qo'llaringizni cho'zishni so'raymiz. Siz birni bersangiz, Allox kamida o'nni beradi, nasib bo'lsa! SHunday ekan, dunyomiz va ohiratimiz uchun qulay fursatdan foydalanib qolaylik, azizlar! Hayr-exsonning katta kichigi bo'lmaydi, imkonimiz darajasida yordam beraylik, duolarda eslaylik!

Komiljon Soliev 998 880 776; 998 541 476

PAYME, CLICK Agrobank ATB Parkent filiali

Bank kartochka raqami: 8600 0423 7014 4551 Kazakbaeva Mukarram 

MFO: 00482  

INN: 200 570 655

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 7000 0048 2001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o'tkazganda: 2311 8000 5000 0048 2001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag'lar tranziti: 2312 0000 1000 0048 2001

Qo'shilgan: Juma. 10:40
O'qilgan: 2
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net