Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

Dunyodagi eng yahshi pishloq tanlandi



O'tgan dam olish kunlari Norvegiyaning Bergen shaxrida pishloq pishiruvchilarning nufuzli halqaro tanlovi World Cheese Awards bo'lib o'tdi. Tanlovda butun dunyodan deyarli 3500 turdagi pishloq taqdim qilindi.

Tanlovning bosh mukofoti maxalliy norveg pishlog'i Fanaustga nasib qildi. Bu pishloq Bergen yaqinidagi Ustegorden fermasida tayyorlanadi. 2-o'rin xam norveg pishlog'i – Helfeyt turidagi pishloqqa berildi. Bu pishloq echki sutidan tayyorlanadi.  

Tanlovda xammasi bo'lib 41 ta davlatdan 3472 turdagi pishloq taqdim qilindi. Italiya, SHveytsariya, Frantsiya, Germaniya kabi pishloq ishlab chiqarishdagi etakchi davlatlar tanlovga katta turdagi pishloqlar olib keldi. Biroq tanlovda norveg pishloqlarining rekord darajada taqdim qilingani xaqiqiy syurpriz bo'lgan: Norvegiya sharafini 175 turdagi pishloq ximoya qilgan.

Tanlov xakamlar xayati tarkibiga professional xakamlardan tashqari, pishloqni hush ko'ruvchi boshqa insonlar – blogerlar, jurnalistlar, muzeylar vakillari va gastronomiya bilan bog'liq bo'lmagan boshqa odamlar kirdi. Joriy yilda xakamlar xayatida 50 nafar norvegiyalik va 29 ta davlatdan yana 180 xakam ishladi. Ular pishloqlarning tashqi ko'rinishi, sirti sifati, asosiy ko'rsatkichlari (namliligi, yog'liligi, rang, quyuq-suyuqligi) va eng asosiysi, tamiga baxo berishgan. 

Qo'shilgan: Juma. 10:10
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net