Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Sport yangiliklari

Evropa ligasi. «CHelsi», «Arsenal» va yana 5 klub pley-off yo'llanmasini xal qildi



8 noyabr oqshomida ko'hna qita stadionlarida Evropa ligasining 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Musobaqa g'olibligi uchun asosiy davogarlar bu turda pley-off masalasini xal qilib oldi. Jumladan, «CHelsi» BATE mexmoni bo'lib, o'yinda yaqqol ustunlikni qo'lga kiritdi va zafarli yurishini davom ettirdi. «Ko'klar» ikkinchi bo'lim boshida Olive Jiru tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g'alaba qozonishdi. Endilikda Mauritsio Sarri shogirdlari gurux bosqichidagi keyingi ikki o'yinda bosimsiz, hotirjamlik bilan o'tkazishi mumkin.

Londonning boshqa bir jamoasi «Arsenal» uchun Portugaliya klublari xamon noqulay raqibligicha qolmoqda. O'tgan turda o'z tarihida ilk marotaba portugallarni safarda mag'lub etgan «to'pchilar» «Emireyts Stedium»dagi javob uchrashuvida golsiz durangga imzo chekishdi. SHunga qaramay, Unai Emeri jamoasi guruxdan chiqish masalasini xal qilib oldi.

Ushbu turda, shuningdek, «Milan» safarda «Betis» bilan qiyin durangga erishdi – 1:1. «Rossoneri» o'tgan turda o'z maydonida ushbu raqibga imkoniyatni boy bergan edi (1:2). Natijada guruxdagi vaziyat xamon chigalligicha qolmoqda. Kecha Italiyaning yana bir vakili «Latsio» «Marsel»ni qabul qilib, muxim 3 ochkoni qo'lga kiritdi va «Ayntraht» bilan birgalikda pley-offga yo'l oladigan bo'ldi.

4-tur yakunlariga ko'ra, 7 ta jamoa – Angliyaning «CHelsi» va «Arsenal», shuningdek, «Bayer», «Ayntraht», «Latsio», «Dinamo Zagreb» va «Cyurih» klublari keyingi bosqichga chiqish vazifasini muddatidan oldin bajarib bo'ldi.

Evropa ligasi, 4-tur
8 noyabr
A guruxi
Bayer Germaniya – Cyurih SHveytsariya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 60 Edvay.

Ludogorets Bolgariya – AEK Larnaka Kipr 0:0 (0:0, 0:0)

B guruxi
Rusenborg Norvegiya – Red Bull Avstriya 2:5 (0:4, 2:1)

Gollar: 0:1 – 5 Minamino, 0:2 – 19 Minamino, 0:3 – 37 Gulbrandsen, 0:4 – 45 Minamino, 1:4 – 52 Adegbenro, 1:5 – 57, avtogol Hovland, 2:5 – 61 Yensen.

Seltik SHotlandiya – RB Leyptsig Germaniya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 11 Tirni, 1:1 – 78 Ogyusten, 2:1 – 79 Eduar.

C guruxi
Bordo Frantsiya – Zenit Rossiya 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 35, penalti Kamano, 1:1 – 72 Zabolotniy.
Zenit – Lunev, Anyukov (Mak, 60), Mevlya, Mammana, Netu, Nabiullin, Erohin (Kuzyaev, 65), Paredes, Markizio, Zabolotniy, Driussi (SHatov, 78).

Slaviya CHehiya – Kopengagen Daniya 0:0 (0:0, 0:0)

D guruxi
Fenerbahche Turkiya – Anderleht Belgiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 71 Valbuena, 2:0 – 74 Fray.
CHetlatish: Bakkali (79, Anderleht).

Dinamo Zagreb Horvatiya – Spartak Trnava Slovakiya 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 22 Goyak, 2:0 – 35, avtogol Kadlets, 2:1 – 63 CHanturishvili, 3:1 – 79 Orshich.

E guruxi
Vorskla Ukraina – Qorabog' Ozarbayjon 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 13, penalti Abdullaev.
 
Arsenal Angliya – Sporting Portugaliya 0:0 (0:0, 0:0)
Arsenal – CHeh, Holding, Lihtshtayner (Meytlend-Naylz, 74), Djenkinson (Kolashinats, 60), Papastatopulos, Genduzi, Remzi, Mhitaryan, Smit-Rou, Ivobi, Uelbek (Obameyang, 30).
Sporting – Ribeyro, Mate, Koates, Brunu Gashpar, Brunu Fernandesh, Migel Luish (Petrovich, 85), Akunya, Gudel, Nani, Montero (Dost, 69), Diabi (Jovane Kabral, 83).
CHetlatish: Mate (87, Sporting).

F guruxi
Betis Ispaniya – Milan Italiya 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 12 Lo CHelso, 1:1 – 62 Suso.
Milan – Reyna, Musakko (Romanoli, 83), Sapata, Rodriges, Laksalt (Abate, 76), Bakayoko, Kessie, Borini, CHalhanoglu (Bertolachchi, 89), Suso, Kutrone.

Olimpiakos Gretsiya – Dyudelanj Lyuksemburg 5:1 (4:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 6 Torosidis, 2:0 – 15 Fortunis, 3:0 – 26 Hristodulopulos, 4:0 – 36 Fortunis, 4:1 – 69 Sinani, 5:1 – 70 Hassan.

G guruxi
Spartak Rossiya – Reyndjers SHotlandiya 4:3 (2:3, 2:0)

Gollar: 0:1 – 5, avtogol Eremenko, 1:1 – 22 Melgareho, 1:2 – 27 Kandeyash, 2:2 – 35, avtogol Goldson, 2:3 – 41 Middlton, 3:3 – 58 Luis Adriano, 4:3 – 59 Hanni.

Rapid Vena Avstriya – Vilyarreal Ispaniya 0:0 (0:0, 0:0)

H guruxi
Apollon Kipr – Ayntraht F Germaniya 2:3 (0:1, 2:2)

Gollar: 0:1 – 17 Yovich, 0:2 – 55 Aller, 0:3 – 58 Gachinovich, 1:3 – 71 Selayya, 2:3 – 90, penalti Selayya.
CHetlatish: SHtendera (81, Ayntraht).

Latsio Italiya – Marsel Frantsiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 45 Parolo, 2:0 – 55 Korrea, 2:1 – 60 Toven.

I guruxi
Malme SHvetsiya – Sarpsborg Norvegiya 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 0:1 – 63 Mortensen, 1:1 – 67 Antonsson.
 
Genk Belgiya – Beshiktosh Turkiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Kuarejma, 1:1 – 87 Berge.

J guruxi
Krasnodar Rossiya – Standard Belgiya 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 19 Karsela-Gonsales, 1:1 – 79 Suleymanov, 2:1 – 82 Vanderson.

Oqxisor Turkiya – Sevilya Ispaniya 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 12 Nolito, 0:2 – 38 Muriel, 1:2 – 52 Manu, 2:2 – 78 Ayik, 2:3 – 87, penalti Banega.

K guruxi
Astana Qozog'iston – YAblonets CHehiya 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 18 Pedro Enrike, 1:1 – 40, avtogol Zaynutdinov, 2:1 – 88 Postnikov.

Dinamo Kiev Ukraina – Renn Frantsiya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 13 Verbich, 2:0 – 68 Mikolenko, 3:0 – 72 SHaparenko, 3:1 – 89 Sebatsho.

L guruxi
BATE Belarus – CHelsi Angliya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 52 Jiru.
CHelsi – Arrisabalaga, Keyhill, Emerson, Dzappakosta, Kristensen, Barkli, Jorjino, Pedro (Hadson-Odoi, 85), Loftus-CHik (Kovachich, 64), Azar (Villian, 62), Jiru.

MOL-Vidi Vengriya – PAOK Gretsiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 50 Milanov.

Qo'shilgan: Juma. 08:30
O'qilgan: 2
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net