Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

Tramp Eronga qarshi 40 yil avval kiritilgan sanktsiyalar amal qilish muddatini uzaytirdi



AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi 40 yil avval kiritilgan sanktsiyalar amal qilish muddatini navbatdagi marta uzaytirdi. Bu xaqda Trampning kongressga maktubida aytilgan.

Tramp o'z qarorini Eron bilan munosabatlar xali normallashmagani, “1981 yil 19 yanvardagi ikki tomonlama kelishuvlar xamon bajarilish bosqichida ekanligi” bilan tushuntirgan. Gap Eron va AQSH o'rtasidagi Jazoir kelishuvlari xaqida bormoqda. 

Tramp 1979 yilda AQSHning Texrondagi elchihonasi eronlik talabalar tomonidan bosib olingandan keyin prezident Jimmi Karter tomonidan qabul qilingan farmonning amal qilish muddatini uzaytirdi. 

O'shanda Karter AQSHdan Eronga deyarli barcha turdagi tovarlar, jumladan oziq-ovqat maxsulotlari va dori-darmonlar eksportini taqiqlab qo'ygan. So'ngra Erondan AQSHga tovarlar importi va amerikaliklarning Eronga borishi taqiqlangan. Keyinchalik AQSHning qolgan prezidentlari sanktsiyalarni faqatgina qatiylashtirib borishgan. 

Ushbu farmon AQSH xukumatiga Eronga qarshi sanktsiyalar kiritish va boshqa choralar qo'llash imkonini beradi. 

Qo'shilgan: Juma. 07:55
O'qilgan: 2
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net