Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

Venesuelani 3 yil ichida 3 mln kishi tark etdi



Venesueladagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz sababli mamlakatni tark etayotgan venesuelaliklar soni 2015 yildan beri 3 mln nafarga etdi.

BMTning qochqinlar bo'yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Uilyam Spindlerning malum qilishicha, zo'ravonlik, giperinflyatsiya xamda oziq-ovqat va dori-darmon etishmasligidan qochayotgan venesuelaliklar emigratsiyasi ohirgi 6 oy ichida keskin oshdi.

Spindlerning takidlashicha, 2,6 mln venesuelalik qo'shni davlatlarga qochgan. Bu davlatlar xukumatlari Janubiy Amerika tarihidagi eng katta ko'lamli migratsiya jarayonini uddalashga urinishmoqda. 

“Venesuelaliklarning asosiy oqimini Kolumbiya va Peru qabul qilmoqda”, deb malum qildi Spindler. Uning aytishicha, Kolumbiya 1 mln venesuelalikni qabul qilgan va bu davlatga xar kun yana 3 mingga yaqin venesuelalik kelishda davom etmoqda.
 
O'z navbatida Kolumbiya xukumati 2021 yilgacha venesuelalik qochqinlar soni 4 mlngacha etishi, bu esa mamlakat g'aznasiga 9 mlrd dollarga aylanishi mumkinligini takidlamoqda. 

Qo'shilgan: Juma. 07:55
O'qilgan: 2
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net