Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

KHSHT etakchilari tashkilotning yangi bosh kotibi borasida bir qarorga kela olishmadi



Kollektiv havfsizlik shartnomasi tashkilotiga azo davlatlarning Ostona shaxridagi uchrashuvida tashkilotning yangi bosh kotibi tasdiqlanmadi. Bu xaqda Rossiya havfsizlik kengashi raisi Nikolay Patrushev malum qildi. Nomzod bo'yicha qaror 6 dekabrda Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadigan sammitda qabul qilinadi, deb habar qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Ungacha Valeriy Semerikov bosh kotib vazifasini bajarishda davom etadi.

Habar qilinishicha, prezidentlarning muzokaralari uch soatdan ortiq davom etgan. 

Ilgari KHSHT bosh kotibi lavozimini egallab turgan YUriy Hachaturovga nisbatan Armanistonda konstitutsion tuzumni ag'darish ayblovi bo'yicha ish ochilgan. Uning vazifasini bosh kotib o'rinbosari Valeriy Semerikov vaqtincha bajarib turibdi.

Sammit arafasida Rossiya prezidenti yordamchisi YUriy Ushakov bosh kotib lavozimiga Semerikov, Belorussiya yoki Armaniston vakili ko'rilayotganini bildirgandi. 

Sammit yakuni bo'yicha KHSHT azolari deklaratsiya qabul qilishdi. Xujjatda azo davlatlar Afg'onistonda giyoxvandlik moddalarini ishlab chiqarish o'sgani va mamlakat shimolida terrorchilarning mustaxkam o'rnashib olishga urinishlaridan tashvishda ekanligi aytildi.

Bundan tashqari, KHSHT etakchilari Afg'onistondagi vaziyat faqatgina tinch vositalar bilan o'rnatilishi tarafdori ekanliklarini bildirdi.

Sammit ishtirokchilari shuningdek, ahborot makonida nizolarning oldini olish, ahborot qurollanish poygasiga yo'l qo'ymaslikka chaqirishdi.

Vazirlar tezkor xarakatlanuvchi kollektiv kuchlar va KHSHT tinchlikparvar xarbiylari kontingenti va uyushmalari tarkibiga o'zgartirishlar kiritish xaqida kelishib olishdi. 

Semerikovning so'zlariga ko'ra, KHSHTga azo davlatlar vakillari xavo va raketa xujumidan mudofaa bo'yicha birlashgan yagona tizimni tashkil etish bo'yicha ish rejasini kelishish imkonini topa olishmagan

Qo'shilgan: Juma. 01:10
O'qilgan: 4
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net