Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

Floridada rekord o'lchamdagi bo'g'ma ilon o'ldirildi



AQSHning Florida shtatidagi Mayami-Deyd okrugida rekord o'lchamdagi qora yo'lbars bo'g'ma iloni o'ldirildi.  

Ilonning uzunligi 5,3 metrni, og'irligi 54 kgni tashkil qilgan. Takidlanishicha, Janubiy Floridada bunday katta o'lchamdagi ilon xali tutilmagandi. Bo'g'ma ilonlarni qirish dasturi mavjud bo'lgan vaqtdan beri ovchilar uzunligi 5,18 metrdan kattaroq bo'lgan uchtagina pitonni o'ldira olishgan.

Bo'g'ma ilonni Homsted shaxridan bo'lgan Kayl Penniston o'ldirgan. Takidlanishicha, u ilonni bir o'zi eplay olgan. Bu ovchining xisobidagi 235 ilon bo'lgan. 

Qora yo'lbars bo'g'ma ilonlar Janubi-SHarqiy Osiyoda yashaydi. Bunday ilonning uzunligi odatda 3,7 metrni tashkil qiladi, biroq 5,74 metrlik ilonlar xam uchraydi. 

Bu ilonlar Floridaga 30 yil oldin kelib qolgan. Ular Evergleydsda ko'payib, maxalliy jonzotlarni qira boshlagan. Ushbu ilonlarning odamlarga xujum qilgani xaqida malum qilinmagan. Joriy yilda pitonlarni qirish dasturi doirasida 1859 ta bo'g'ma ilon o'ldirilgan.

Qo'shilgan: Juma. 01:10
O'qilgan: 5
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net