Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

Quyosh energiyasidan suyuq yonilg'i olindi



SHvetsiya va AQSH olimlari quyosh energiyasini to'plovchi suyuqlikni yaratishdi. Takidlanishicha, yangi tehnologiya quyosh batareyalari bozorida inqilob yasashi mumkin.

YAngi yonilg'i negizida yotuvchi molekulani yaratish jarayoni bir necha yildan beri davom etadi, biroq olimlar ohirgi vaqtda uglerod, vodorod va azotdan o'ziga hos molekulani yaratishda ancha taraqqiy qildilar.

“Quyosh nuri atomlar o'rtasidagi bog'lanishlarni o'zgartirishga majbur qiladi, natijada molekula quyosh energiyasini 20 yil davomida saqlay oladigan izomerga aylanadi”, deb aytishgan Massachusets tehnologiya instituti hodimlari.

YAngi tehnologiyaga asoslanadigan, quyosh energiyasini olish va saqlash uchun mo'ljallangan yangi tizimlar quyosh energiyasini mahsus suyuqlikda to'playdi, so'ngra zarurat bo'lganda energiyani issiqlik ko'rinishida bera oladi.

SHaffof trubkalardagi suyuqlik quyosh nuri yordamida qiziydi va uning tarkibidagi norbornadien molekulalari issiqlik saqlovchi izomer – kvadritsiklanga aylanadi.

“Olingan suyuqlik hona xaroratida saqlanadi. Agar undan energiya olinmoqchi bo'lsa, suyuqlik katalizatorga joylashtiriladi va molekulalar issiqlik ajratgancha dastlabki shakliga qaytadi”, deb tushuntirganlar olimlar.

Qo'shilgan: Juma. 01:10
O'qilgan: 4
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net