Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - O`zbekiston yangiliklari

Mirziyoev Sankt-Peterburgda MDXning norasmiy sammitida ishtirok etdi



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 6 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligiga azo mamlakatlar Davlat raxbarlari kengashining Sankt-Peterburg shaxrida bo'lib o'tgan norasmiy majlisida ishtirok etdi, deb habar bermoqda Prezidentning rasmiy sayti.

Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi. 

Suratga tushish marosimidan so'ng MDXga azo davlatlar raxbarlarining norasmiy uchrashuvi boshlandi. 

Aloxida takidlash kerakki, mamlakatimizning Xamdo'stlikka azo davlatlar bilan xamkorligi turli yo'nalishlarda izchil va xar tomonlama rivojlanib bormoqda. 

Prezidentimiz joriy yil 28 sentyabr kuni Dushanbe shaxrida bo'lib o'tgan MDX Davlat raxbarlari kengashi majlisida ishtirok etgan edi.

O'tgan davrda mamlakatimiz MDX doirasida o'nta tarmoq bo'yicha xamkorlikka qo'shildi. O'zbekiston tashkilot Parlamentlararo assambleyasining to'la xuquqli azosi bo'ldi, O'simliklar karantini bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Fan-tehnika va innovatsiya soxalarida xamkorlik bo'yicha davlatlararo kengash, Agrosanoat majmui masalalalari bo'yicha kengash, Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo'yicha komissiya, MDXga azo davlatlar havfsizlik organlari va mahsus hizmatlari raxbarlari kengashi, MDXning hizmatlar bo'yicha erkin savdo xududi to'g'risida bitimini ishlab chiqishga oid yuqori darajali ishchi gurux va boshqa organlar faoliyatiga qo'shildi.

O'zbekiston MDX makonida o'zaro bozorlarni shakllantirish, bojhona tartib-taomillarini soddalashtirish, halqaro va mintaqaviy transport yo'laklaridan samarali foydalanish tarafdoridir. 

Joriy yilda O'zbekiston Xamdo'stlik doirasida Mudofaa vazirlari kengashi, Urug'chilik masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo'yicha kengash, Geodeziya, kartografiya, kadastr va Erni masofadan turib zondlash bo'yicha davlatlararo kengash majlislari va ko'plab boshqa muxim tadbirlarni o'tkazdi. Bu turli soxalarda ko'p qirrali o'zaro manfaatli xamkorlikni sezilarli darajada faollashtirish, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustaxkamlash, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkonini berdi.

Uchrashuvda Xamdo'stlik davlatlarining savdo-iqtisodiy xamkorligini yanada rivojlantirish, o'zaro savdo xajmini oshirish, transport-kommunikatsiya saloxiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, havfsizlikni mustaxkamlash, zamonaviy hatar va taxdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalariga etibor qaratildi. 

Gumanitar, talim va turizm soxalarida almashuvlarni izchil davom ettirish zarurligi takidlandi.

Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar xam muxokama qilindi.

Takidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi kelasi yil MDXda xamrais, 2020 yilda esa MDX Davlat raxbarlari sammitiga mezbon bo'ladi.

MDX norasmiy sammiti doirasida Prezidentimiz qator davlat raxbarlari bilan ikki tomonlama suxbatlar o'tkazdi. Ularda 2018 yilda samarali sheriklikning asosiy yakunlari va kelgusidagi xamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muxokama qilindi.

Shu bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Sankt-Peterburg shaxriga tashrifi yakuniga etdi.

 

Qo'shilgan: Juma. 00:55
O'qilgan: 12
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net