Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Sport yangiliklari

PFL Sergey Lushchanning faoliyatini cheklashi mumkin



O'zbekiston Professional futbol ligasi «So'g'diyona» futbol klubi bosh murabbiy Sergey Lushchan bilan shartnomani uzaytirgani xaqidagi habarlarga izox berib, klubni rasman ogoxlantiradi.

Birinchidan, Sergey Lushchan ayni vaqtda «Bunyodkor» futbol klubi bilan sudlashayotganidan va bu ishni O'FAni chetlab o'tib, boshqa organga oshirganidan kelib chiqib, rasman tushuntirish berishi kerak bo'ladi. Yo'qsa, PFL mazkur ishni O'FA ijroqo'mi byurosiga qadar oshirib, FIFA nizomlariga zid xarakati uchun Lushchanni O'zbekistonda faoliyat olib borishini cheklash bo'yicha ish ochishni so'raydi.

Ikkinchidan, Sergey Lushchan «Bunyodkor» klubi bilan shartnoma tuzayotgan vaqtida ayrim qonun xujjatlariga zid keluvchi xolatlarga yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin. «Bunyodkor» futbol klubining bu shubxasi o'z tasdig'ini topsa, xar ikki tomon bu masala yuzasidan tegishli organlar oldida javob berishi kerak bo'ladi.

Uchinchidan, «So'g'diyona» futbol klubining Professional futbol ligasi oldida qarzdorligi mavjud. 2019 yilgi mavsum uchun klublarni litsenziyadan o'tkazish reglamenti allaqachon «So'g'diyona» klubiga elektron shaklda jo'natildi va PFL rasmiy saytida elon qilindi. Demak, qarzdorligi mavjud klublar transfer oynasida faol bo'la olmaydi. Bu xolat bosh murabbiylar bilan tuziladigan shartnomalarga xam taaluqlidir.

«So'g'diyona» futbol klubi yuqoridagilarni inobatga olib, barcha ish risoladagidek bo'lishini taminlashi so'raladi. Yo'qsa, klub va murabbiy o'rtasida tuzilgan shartnoma PFL tomonidan tan olinmaydi, deyiladi PFL bayonotida.

Qo'shilgan: Juma. 00:45
O'qilgan: 4
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net