Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Sport yangiliklari

«Lester» ho'jayini vertolyoti xalokatining sababi malum bo'ldi



27 oktyabr kuni «Lester» klubi stadioni yonida vertolyotning xalokatga uchrashi sabablari malum bo'ldi.

Vertolyot osmonga ko'tarilgan paytda kokpit pedallari vertolyotning dum qismidagi rotordan uzilib qolgan. Natijada, uchuvchi vertolyotni nazorat qilishdan maxrum bo'lgan, deb habar beradi Aviatsiya xodisalarini surishtirish hizmati.

Eslatib o'tamiz, vertolyot xalokatida «Lester»ning tailandlik ho'jayini Vishay Shrivaddhanaprabha va uning hodimlari Nursara Suknamay va Kaveporn Punpare, uchuvchi Erik Svaffer va yo'lovchi Izabela Roza Lechovich nobud bo'lgan edi.

Xalokat «Lester» - «Vest Xem» o'yinidan keyin yuz bergan. Guvoxlarning aytishicha, vertolyot odatdagidek futbol maydonidan xavoga ko'tarilgan. Bir necha soniyadan keyin uchuvchi boshqaruvni yo'qotgan va vertolyot stadion yonidagi avtoturargoxga qulagan.

Qo'shilgan: Juma. 00:45
O'qilgan: 6
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net