Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - O`zbekiston yangiliklari

O'zbekistonda joriy yil davomida yong'inlarda xalok bo'lganlar va jabrlanganlar soni malum qilindi



O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong'in havfsizligi bosh boshqarmasi malumotlariga ko'ra, 2018 yilning 11 oyi davomida respublikada 10680 ta yong'in qayd qilingan.    

Bu yong'inlar oqibatida 106 kishi xayotdan ko'z yumgan va 309 kishi kuyish jaroxatlari olgan. 2017 yilga nisbatan, yong'inlar soni 680 taga, yani 65 foizga, qurbonlar soni 27 nafarga (20 foiz) va jaroxat olganlar soni 49 nafarga (14 foizga) kamaygan. Yong'inlar vaqtida 73 kishining xayoti saqlab qolingan.

Shu bilan birga yong'inlarning turli obektlarda, jumladan ochiq joylarda materiallarni saqlash obektlarida 30 foizga, omborlarda 27 foizga, talim muassasalarida 19 foizga, madaniy-ko'ngilochar, tibbiyot muassasalari va ishlab chiqarish tsehlarida 15 foizga, mamuriy-jamoat muassasalarida 14 foizga qisqarishiga erishilgan.  

Bundan tashqari, tehnologik jarayonning buzilishi oqibatida kelib chiquvchi yong'inlar soni 37 foizga, bolalarning sho'hligi sababli – 10 foizga, alanga bilan extiyotsizlik qilish sababli – 9 foizga, transport vositalaridan foydalanish va qurilish qoidalarining buzilishi sababli – 5 foizga, elektr asboblar qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiquvchi yong'inlar sonining 4 foizga qisqarishiga erishilgan.

Qo'shilgan: Juma. 00:15
O'qilgan: 9
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net