Bosh sahifagaKirishA`zo bolish
Yangicha Telegram yuklab oling ♡
Yangiliklar - Jahon yangiliklari

Trampga 230 metr yo'lni o'tish uchun butun boshli kortej kerak bo'lgani savollar tug'dirdi



AQSh prezidenti Donald Trampga sobiq prezident Jorj Bush oilasini kutib olish uchun 230 metr yo'lni o'tishga 8 ta avtomobildan iborat kortej talab etildi.

The Washington Post nashrining malum qilishicha, Tramp rafiqasi Melaniya bilan Oq uyning mexmonlar uchun mo'ljallangan qarorgoxi Bler-hausga 8 ta avtomobil xamroxligida limuzinda kelib, u erda Bushlar oilasi bilan 23 daqiqalik uchrashuv o'tkazgan.

Uchrashuv yakunlangach, Tramp limuziniga o'tirib, ortiga qaytib ketgan.

Nashrning yozishicha, Trampning  shunday qisqa yo'lni o'tish uchun butun boshli kortejdan foydalangani turli savollar, jumladan nima uchun shu qisqa yo'lni shunchaki piyoda o'ta olmagani borasida savol tug'dirgan. 

Bushlar oilasi Vashingtonga 1 dekabrga o'tar kechasi vafot etgan AQShning 41-prezidenti Jorj Bush bilan hayrlashish marosimiga kelgandi.

Bler-haus Oq uy ro'parasida, ko'chaning narigi betida joylashgan.

Qo'shilgan: Paysh. 23:55
O'qilgan: 4
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Hozirda Fikrlar yo'q birinchi bo'ling :)

Statok.net